Salimboydan hokimgacha. Xalq Yangi Prezidentdan nima kutyapti?
Jamiyat
−
09 iyul 2023
163139 iyul kuni O‘zbekistonda muddatidan ilgari Prezident saylovi o‘tkazildi.
Ovoz berish jarayonlari soat 8:00 da boshlanib, 20:00gacha davom etdi.
QALAMPIR.UZ kun davomida bir nechta saylov uchastkalarida bo‘lib, siyosiy jarayonda fuqarolarning faolligini yaqindan kuzatdi.
Xo‘sh, odamlar saylovdan keyin nimalar o‘zgarishidan umid qilmoqda? Biz aynan shu savollar bilan saylovchilarga mikrofon tutdik.
O‘zbekistonlik tadbirkor, xalq orasida “Salimboyvachcha”, nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyev prezidentlik saylovida ovoz berdi. Abduvaliyev QALAMPIR.UZ jurnalisti bilan suhbatda xar bir fuqaro bu jarayonda faol bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.
“Men Shavkat Mirziyoyevga ishonaman, u kishini yoshligidan beri bilaman. Mirziyoyev agar 10 marta prezidentlikka nomzodini qo‘ysa, men 10 marta shu kishiga ovoz beraman”, deydi Salim Abduvaliyev.
Shuningdek, u, agar hamma amaldorlar va mutasaddilar Prezidentga sidqidildan xizmat qilsa, O‘zbekiston yaqin kelajakda rivojlangan mamlakatlar qatoridan o‘rin egallashi haqida ham alohida to‘xtalib o‘tdi.
Mart oyida Toshkent shahar hokimi bo‘lgan Shavkat Umurzoqov savolimizga javob berar ekan, amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev nomzodini qo‘llab quvvatlashini yashirmadi.
“Saylovda davlatimiz rahbari g‘olib bo‘lsa, saylovoldi dasturlarida aytilganidek, tadbirkorlarga ko‘p imkoniyatlar beriladi. Ijtimoiy sohada katta o‘zgarishlar bo‘ladi. Qolaversa, barcha nomzodlarni ham dasturlarida yuqoridagilar aytib o‘tilgan”, deydi poytaxt hokimi.
“Yaxshi uy-joylar qurib, kambag‘allarga bersa biz xursand bo‘lamiz. [Shavkat Mirziyoyev] shu vaqtgacha yaxshi ishlar qildi. Bundan keyin ham kambag‘allarga e’tiborni kutib qolamiz”, deydi yana bir saylovchi-otaxon.
“Tibbiyot sohasida o‘zgarish bo‘lishini xohlardim. Turmush o‘rtog‘im bilan birga ikki marta jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazdik. Yaxshi qarashmadi. Tibbiyot o‘zgarsin”, deydi shifokorlardan kuyganlardan biri.
“Saylovdan keyin ancha o‘zgarish bo‘ladi. Liberal-demokratik partiya o‘zining saylovoldi dasturini taqdim etgan. Inson qadri degan taomilning amaliy namunasi bo‘ladi. Yoshlarga katta imkoniyatlar yaratiladi. Ta’lim, tibbiyot, iqtisodiyotda katta o‘zgarishlar bo‘ladi”, deydi O‘zLiDep siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov.
LiveBarchasi