MSKning sobiq raisi Konstitutsiyaviy sud sudyasi bo‘ldi
Jamiyat
−
05 fevral 2021 6037 1 daqiqa
Bugun, 5 fevral kuni Oliy Majlis Senatining o‘n ikkinchi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga yangi a’zo saylandi.
Senatdagi ovoz berish natijasida Markaziy saylov komissiyasining sobiq raisi Mirzo Ulug‘bek Elchiyeviy Abdusalomov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sudyasi etib saylandi.
Ma’lumot uchun, Mirzo Ulug‘bek Abdusalomov 16 yil davomida Markaziy saylov komissiyasiga rahbarlik qilgan.
U 1952 yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi - huquqshunos, yuridik fanlar nomzodi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yurist. 1995-2004 yillar mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining raisi, 2004-2005 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi bo‘lib ishlagan.
Senat majlisida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyasi Baxtiyor Dehqonboyevich Miralimovning vakolati muddatidan ilgari tugatildi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr