Mirziyoyevning Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga amaliy tashrifi doirasidagi tadbirlar yakunlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Kaspiy bo‘yidagi “Avaza” turizm zonasida davlat rahbari Turkman xalqining milliy yetakchisi, Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan muzokara o‘tkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Turkman xalqining milliy yetakchisi, Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Yakunda Qo‘shma bayonot qabul qilinib, qator hujjatlar imzolandi.

“Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda yetakchilar bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijalariga baho bergan. Tashrif dasturiga muvofiq davlat rahbari Turkmaniston va Ozarbayjon yetakchilari bilan birgalikda “Galkinish” milliy ot sporti guruhining chiqishlarini tomosha qildi”, deyiladi xabarda.

Tadbirlar yakunlangach, Turkmanboshi shahri aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari Nokerguli Ataguliyev va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ygan. Davlat rahbari Toshkentga qaytib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Turkman xalqining milliy yetakchisi, Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmanboshi shahrida otlarni va ot sporti jamoasining chiqishlarini tomosha qilishga borgani va Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekiston rahbariga to‘kin-sochinlik va farovonlik ramzi bo‘lgan tuya va bo‘taloqni sovg‘a qilgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Turkmaniston Avaza

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing