Mirziyoyevning Quvaytga tashrifi yakunlandi
Jamiyat
−
18 fevral
2884Bugun, 18 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Quvayt Davlatiga rasmiy tashrifi tadbirlari yakunlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Al-Quvayt xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini Valiahd Shayx Saboh as-Saboh va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ygan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston rahbari Quvayt Davlati Amiri Shayx Mish’al as-Sabohning taklifiga binoan 17 fevral kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga yetib bordi. Mirziyoyev hamda Shayx Mish’al as-Saboh Al-Quvayt shahridagi “Al-Bayan” saroyida tor doirada uchrashuv hamda rasmiy delegatsiyalar a’zolari ishtirokida muzokara o‘tkazdi. Muzokaralar yakunlangach, Prezident Shavkat Mirziyoyev sharafiga Quvaytdagi diplomatik missiyalar rahbarlari ishtirokida tantanali qabul marosimi uyushtirildi. Shuningdek, Mirziyoyev Quvaytga tashrifi doirasida o‘zi uchun ajratilgan qarorgohda ushbu mamlakat Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi, Ichki ishlar vaziri Shayx Fahd as-Saboh boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Mirziyoyev 18 fevral kuni Al-Kuvayt shahriga tashrif doirasida ushbu mamlakat valiahdi Shayx Saboh as-Saboh bilan uchrashuv o‘tkazdi.
LiveBarchasi