Mirziyoyev Yevropa diplomatiyasi rahbarini qabul qildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 27 mart kuni Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili, Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Kaya Kallas boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Bildirilishicha, suhbat davomida amaliy hamkorlikni kengaytirish va bo‘lajak qo‘shma tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Uchrashuv avvalida oliy martabali mehmon davlat rahbariga Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayenning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan.

Joriy yil 3-4 aprel kunlari Samarqand shahrida “Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti tadbirlarini o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bugun, 27 mart kuni Ashxobod shahrida o‘tgan vazirlar darajasidagi ko‘p tomonlama учраshuвнинг samarali yakunlari ham yuksak baholandi.

“Savdo va logistika, shu jumladan Transkaspiy transport yo‘lagi salohiyatini ro‘yobga chiqarish, raqamlashtirish, "yashil" energetika, ekologiya, infratuzilmani modernizatsiya qilish va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda ikki mintaqa o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni ilgari surish, tashabbus va loyihalarni amalga oshirishning samarali mexanizmlarini joriy qilish muhimligi qayd etildi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, O‘zbekistonning EI institutlari bilan munosabatlarini yanada chuqurlashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Bundan tashqari, kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi yangi bitimni qabul qilish hamda mamlakatimizning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilishi masalalari muhokama qilingan. Xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashilgan.

Ma’lumot uchun,  3-4 aprel kunlari Samarqand shahrida “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammiti bo‘lib o‘tadi. Yevropa Kengashi raisi Antonio Koshta va Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen ushbu sammitda qatnashish uchun O‘zbekistonga keladi. Tadbir O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston yetakchilari ishtirokida bo‘lib o‘tadi. 4-5 aprel kunlari esa “Silk Road Samarkand” kongress markazida birinchi Samarqand iqlim forumi bo‘lib o‘tadi. Forumda Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston rahbarlari, shuningdek, Yevropa Ittifoqi, BMT, xalqaro moliya institutlari va yetakchi ekologiya tashkilotlari vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Evropa O'zbekiston Kaya Kallas

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing