Shavkat Mirziyoyevning AQSHga safari yakunlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlariga amaliy tashrifi yakuniga yetdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari Vashington shahrida “Tinchlik kengashi”ning dastlabki yig‘ilishida nutq so‘zladi va G‘azo sektorini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qayta tiklash hamda mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti AQSH Cavdo vaziri Xovard Latnik, AQSH savdo vakili Jeymison Grir, Eksimbank prezidenti va raisi Jon Yovanovich va Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi bosh ijrochi direktori Ben Blek bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazdi.

Tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida O‘zbekiston yetakchisi bir qator ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimida va qo‘shma loyihalar taqdimotida ishtirok etdi. Tadbirda AQSH hukumati, yirik kompaniyalari va moliya institutlarining yuqori darajali vakillari hamda videoaloqa orqali O‘zbekiston hududlari rahbarlari ishtirok etdi.

Tashrif tadbirlari yakunlangach, Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahriga jo‘nab ketdi. Aeroportda davlat rahbari va rafiqasini AQSH-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoyev AQSH Tinchlik kengashi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing