Mirziyoyev va Lukashenko chang‘i uchishga bordi (foto)

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko “Amirsoy” tog‘ dam olish maskaniga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, kecha Toshkentda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko madaniy-gumanitar yo‘nalishda, shu jumladan sport va turizm sohalarida faol almashinuvlarni davom ettirishga kelishib olgan.  

Oliy darajadagi uchrashuvlar yakunida boshqa hujjatlar qatorida 2024-2025 yillarda Sport sohasida hamkorlik bo‘yicha dastur va Turizm sohasida hamkorlik bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi imzolangan. 

Keyingi yillarda O‘zbekistonda sport va turizm infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan yirik loyihalar amalga oshirildi. Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Amirsoy” tog‘ dam olish maskani shular jumlasidan. Oxirgi uch yilda bu yerga 4 millionga yaqin sayyoh kelgan. 

Jahon darajasidagi har mavsumga mos ushbu majmuaga tashrif davomida davlat rahbarlari sportchilar va sayyohlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar, ikki mamlakat o‘rtasidagi turizm almashinuvini kengaytirish yuzasidan fikr almashgan. 

Yetakchilar muloqotni tog‘-chang‘i trassasida davom ettirib, birgalikda chang‘i uchgan.

Eslatib o‘tamiz, Belarus rasmiysi Aleksandr Lukashenko O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 7 fevral kuni O‘zbekistonga kelgan. O‘sha kuni oqshomda Mirziyoyev va Lukashenko Ozarbayjon yetakchisi Ilhom Aliyevga qo‘ng‘iroq qilib, uni prezidentlik saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi. Shundan so‘ng, ular birgalikda xokkey o‘yinini tomosha qilishga bordi.

Keyinroq Lukashenko O‘zbekistonning 3 ming yillik tarixini ifodalovchi majmua bilan tanishdi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 8 fevral kuni esa Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko bilan tor doirada hamda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida muzokara o‘tkazdi hamda Ko‘ksaroyda tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida o‘ndan ortiq hujjatlar imzolandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Aleksandr Lukashenko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing