Mirziyoyev Lukashenkoni xokkey o‘yiniga olib bordi 

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 7 fevral kuni mamlakatga rasmiy tashrif bilan kelgan Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko bilan birga xokkey o‘yinini tomosha qilishga bordi. Bu haqda Lukashenkoga yaqin “Pul Pervogo” kanali xabar berdi.

Mirziyoyev va Lukashenko Toshkent shahridagi “Humo Arena” muz saroyida bo‘lib o‘tayotgan “Humo” (Toshkent) va “Nomad” (Ostona) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni tomosha qilish uchun borgan.

Qayd etilishicha, mazkur o‘yin xokkey bo‘yicha Qozog‘iston ochiq chempionati doirasida bo‘lib o‘tmoqda.

Ma’lumot uchun, xokkey Lukashenkoning asosiy sevimli mashg‘ulotlaridan biridir. U Minskdagi Sport saroyida muntazam ravishda mashq qiladi. Lukashenko "Jahon yulduzlari jamoasi", "Prezident sport klubi" va boshqa jamoalarda o‘ynagan bo‘lib, u asosan 1 va 99 raqamlari ostida  maydonga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Lukashenko O‘zbekistonga kelgan, uni Toshkent xalqaro aeroportida Bosh vazir Abdulla Aripov kutib olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Belarus' Aleksandr Lukashenko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing