Lukashenko Ko‘ksaroyda tantanali kutib olindi
Jamiyat
−
08 fevral
5541“Ko‘ksaroy” qarorgohida bugun, 8 fevral kuni Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenkoni rasmiy kutib olishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston va Belarus bayroqlari bilan bezatilgan maydonda oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoni samimiy kutib oldi va shohsupaga taklif qildi. Ikki mamlakat madhiyalari yangradi.
Mirziyoyev va Lukashenko faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladi.
Birgalikda suratga tushilgach, oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 7 fevral kuni Lukashenko O‘zbekistonga kelgan, uni Toshkent xalqaro aeroportida Bosh vazir Abdulla Aripov kutib olgandi. Shundan so‘ng Prezident Mirziyoyev Lukashenko bilan birga xokkey o‘yinini tomosha qilishga “Humo Arena” muz saroyiga bordi. U yerda oliy martabali mehmonlarga ularning ismlari tushirilgan xokkey kiyimi topshirildi. Bugun, 8 fevral kuni Lukashenko Bosh vazir Abdulla Aripov hamrohligida “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga borib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi.
LiveBarchasi