Mirziyoyev va Erdo‘g‘an bir-birini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

Jamiyat

image

Bugun, 28 iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘an o‘zaro telefon orqali muloqot qildi 

Davlat rahbarlari bir-birini va qardosh xalqlarni muborak Qurbon hayiti bilan qutlab, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklarini izhor etgan.

Shuningdek, ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan.

O‘zbekistonda Turkiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida yirik investitsiya loyihalari faol amalga oshirilayotgani, yil boshidan buyon qariyb 100 ta yangi qo‘shma korxona tashkil etilgani qayd etilgan. 

Shu bilan birga, joriy yilning 1 iyulidan boshlab imtiyozli savdo to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimning kuchga kirishi o‘zaro savdo hajmining yanada ortishiga xizmat qilishi ta’kidlangan. Ikki mamlakat shaharlari o‘rtasida aviaqatnovlar ko‘payayotgani aytilgan. 

Suhbat chog‘ida xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashilgan.

Bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi ko‘rib chiqilib, O‘zbekiston-Turkiya oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishi kun tartibini puxta tayyorlash muhimligi alohida ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 aprel kuni Erdo‘g‘an  O‘zbekiston Prezidentiga Turkiyaning birinchi milliy elektromobili Togg yuborilishini aytgan edi. 12 aprelda elektromobil Shavkat Mirziyoyevga topshirilgandi. 28 may kuni Turkiyadagi preztdentlik saylovida g‘alaba qozongan Erdo‘g‘anni O‘zbekiston  Prezidenti Shavkat Mirziyoyev birinchilar qatorida qutlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya O'zbekiston Erdo'g'an Qurbon hayiti Mirziyoev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing