Mirziyoyev Putinni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinni bo‘lib o‘tgan Prezident saylovida qozongan ishonchli g‘alabasi bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Mirziyoyev maktubida saylovchilarning yuqori faolligi va ovoz berish natijalari aholi Vladimir Putinning siyosati va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturiga ishonch bildirayotgani va ularni qat’iy qo‘llab-quvvatlayotganining navbatdagi yorqin namoyishi bo‘lgani ta’kidlangan.

O‘zbekiston yetakchisi Rossiya Prezidentiga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va davlatchilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar, Rossiya xalqiga esa tinchlik va ravnaq tilagan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq bayonnomalarning 99,67 foizi hisoblab chiqilgan holatida Putin 87,32 foiz ovoz olgani xabar qilingandi. Yevropa Ittifoqi Kengashi raisi Sharl Mishel esa Rossiyada saylov boshlangan kunning o‘zida Putinni g‘alaba bilan tabriklagandi. Shavkat Mirziyoyev 21 fevral kuni Rossiya rahbari bilan Qozonda bo‘lib o‘tgan uchrashuvida Putinning g‘alaba qozonishiga ishonch bildirgan va saylovdan keyingi ilk tashriflardan birini O‘zbekistonga qilishini taklif qilgandi


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Vladimir Putin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing