Şavkat Mirziyoyev ertaga Ummonga boradi
O‘zbekiston
−
15:11 209 1 daqiqa
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Ummon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Saidning taklifiga binoan joriy yilning 16-17 noyabr kunlari davlat taşrifi bilan uşbu mamlakatda böladi. Bu haqda Özbekiston rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
Taşrif dasturiga muvofiq, Masqat şahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar, yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uçraşuvlar va boşqa tadbirlar bölib ötadi.
Qayd etilişiça, bölajak sammit kun tartibidan Özbekiston–Ummon munosabatlarini yangi bosqiçga olib çiqiş, savdo, investitsiyalar, qişloq xöjaligi kabi ustuvor yönalişlarda hamkorlikni kengaytiriş hamda madaniy-gumanitar va turizm almaşinuvini faollaştiriş masalalari örin olgan.
Şuningdek, muzokaralar yakunlari böyiça bir qator hujjat va bitimlar qabul qilinişi rejalaştirilgan.
Live
Barchasi