Mirziyoyev Ozarbayjondan Toshkentga qaytyapti

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Baku shahriga amaliy tashrifi dasturidagi tadbirlar yakuniga yetdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, tashrif tadbirlari yakunlangach, Haydar Aliyev nomidagi xalqaro aeroportda O‘zbekiston rahbarini Ozarbayjon Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ya’qub Ayubov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ygan. Mirziyoyev Bakudan Toshkentga jo‘nab ketgan.

Ma’lumot uchun, bugun, 24 noyabr kuni davlat rahbari BMTning Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun maxsus dasturi birinchi sammitida ishtirok etdi hamda SPEKA doirasida mintaqaviy hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha qator amaliy tashabbuslarni ilgari surdi.

Shuningdek, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdi. Yetakchilar O‘zbekiston-Ozarbayjon do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildi, shu jumladan, erishilgan kelishuvlar ijrosi ko‘rib chiqildi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Ozarbayjon Baku SPEKA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made