Mirziyoyev Namanganga yo‘l oldi
Jamiyat
−
16 Sentabr 3377 1 daqiqa
Bugun, 16 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridan Namangan viloyatiga qarab jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ikki kunlik safar dasturidan sanoat, qishloq xo‘jaligi, energetika va ijtimoiy sohada ishga tushirilgan yangi ob’ektlar bilan tanishish hamda viloyatni kompleks rivojlantirish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazish o‘rin olgan.
Shuningdek, davlat rahbari “Kambag‘allikdan farovonlik sari” III xalqaro forumining ochilish marosimida ishtirok etadi va nutq so‘zlaydi.
Qolaversa, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Mirziyoyev so‘nggi bor ushbu viloyatga 2024 yilning 25 mart kuni tashrif buyurgandi. Tashrif davomida Mirziyoyev Namanganda mavjud salohiyat to‘liq ishga solinmayotgani uchun mas’ul komplekslar va viloyat rahbarlarini tanqid qilgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr