Mirziyoyev Moskvaga jo‘nab ketdi
Jamiyat
−
07 Oktabr
4018O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 7 oktyabr kuni amaliy tashrif bilan Moskva shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Mirziyoyev 7-8 oktyabr kunlari Rossiyaning Moskva shahrida bo‘ladi. O‘zbekiston yetakchisi MDH ishtirokchi davlatlari rahbarlarining navbatdagi sammitida ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Kreml voizi Dmitriy Peskov bugun, 7 oktyabr kuni 72 yoshga to‘lgan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin tug‘ilgan kunini ish joyida o‘tkazishini aytgandi. Peskov 7 oktyabr kuni kechqurun Putin MDH davlatlari rahbarlari bilan birga bo‘lishini bildirdi.