Putinning tug‘ilgan kunida MDH yetakchilari Moskvada yig‘iladi
Olam
−
05 Oktabr
10385Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 7 oktyabr kuni 72 yoshga to‘ladi va tug‘ilgan kunini ish joyida o‘tkazadi. Bu haqda Kreml voizi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
"Hech qanday bayram bo‘lmaydi. U kunning birinchi yarmida yopiq, ommaviy bo‘lmagan ish uchrashuvlarini o‘tkazadi", dedi Kreml vakili.
Peskov 7 oktyabr kuni kechqurun Putin MDH davlatlari rahbarlari bilan birga bo‘lishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kelasi hafta Moskvada MDH Davlat rahbarlari kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, 2022 yilda Putinning 70 yillik yubileyi kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlari rahbarlari Sankt-Peterburg yaqinidagi Konstantinovskiy saroyiga yig‘ilgan. Uchrashuvda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan ishtirok etgan. Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov sammitda qatnashmadi.
O‘tgan yili esa Putin tug‘ilgan kunida Novo-Ogarevodagi qarorgohida Qozog‘iston va O‘zbekiston Prezidentlari Qosim-Jomart To‘qayev va Shavkat Mirziyoyev bilan birgalikda Rossiya gazining Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga yetkazib berilishiga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etdi. O‘shanda uning mehmonlari tushlikka qolgan va uchalasi birga o‘tirib, tug‘ilgan kunni nishonlagan.
Eslatib o‘tamiz, Putin bugun, 5 oktyabr kuni 72 yoshga to‘lgan Tojikiston rahbari Imomali Rahmonga tug‘ilgan kuni munosabati bilan yo‘llagan tabrik telegrammasida “yaqin kunlarda” u bilan Moskvada uchrashishini yozgandi.
LiveBarchasi