Mirziyoyev Moskvaga jo‘nab ketdi
Jamiyat
−
07 Oktabr 2024 5065 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 7 oktyabr kuni amaliy tashrif bilan Moskva shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Mirziyoyev 7-8 oktyabr kunlari Rossiyaning Moskva shahrida bo‘ladi. O‘zbekiston yetakchisi MDH ishtirokchi davlatlari rahbarlarining navbatdagi sammitida ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Kreml voizi Dmitriy Peskov bugun, 7 oktyabr kuni 72 yoshga to‘lgan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin tug‘ilgan kunini ish joyida o‘tkazishini aytgandi. Peskov 7 oktyabr kuni kechqurun Putin MDH davlatlari rahbarlari bilan birga bo‘lishini bildirdi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr