Mirziyoyev Baydenga ta’ziya maktubi yo‘lladi
Jamiyat
−
03 yanvar
14207O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-Orlean shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jozef Baydenga ta’ziya maktubi yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
"Davlatimiz rahbari O‘zbekiston xalqi nomidan halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga, butun Amerika xalqiga chuqur hamdardlik izhor etib, jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi", deydi Prezident matbuot kotibi.
Eslatib o‘tamiz, 1 yanvar kuni Amerikaning Nyu-Orlean shahrida mahalliy vaqt bilan taxminan 03:15 da yuk mashinasi haydovchisi Burbon va Ibervil turistik ko‘chalari kesishmasida bayram o‘tkazayotgan olomon ustiga katta tezlikda borgan va odamlarni bosib ketgandi. Oqibatda kamida 15 kishi halok bo‘lgan, o‘nlab odamlar jarohatlangan.
LiveBarchasi