Mirziyoyev Alisher Usmonovga va navoiylik tadbirkorga minnatdorlik bildirdi
Jamiyat
−
04 aprel 2020
22457Avval xabar berganimizdek, bugun, 3 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqirozga qarshi kurashish sharoitida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Ushbu yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev dunyo milliarderlari qatoridan o‘rin olgan o‘zbekistonlik ishbilarmon va tadbirkor Alisher Usmonovga alohida minnatdorlik bildirdi.
“O‘zbekiston farzandi Alisher Burxonovichga alohida rahmat demoqchiman. 20 million dollar pul o‘tkazib beryaptilar. Yangi O‘zbekistonga birinchi kundan boshlab ko‘mak, yelkadosh madodkor bo‘lyaptilar va shu kunlarda o‘zlari ham O‘zbekistonda. “Qaysi davlatda yangi dori topilsa, o‘zim xalqim uchun olib kelib beraman”, deb aytyaptilar. Mana shunday ko‘rsatgan yordamlari uchun men xalqimiz nomidan alohida minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bunday insonlarimiz juda ko‘p. Mana navoiylik tadbirkorimiz o‘zi Moskvada ekan elchixonamizga o‘zbek xalqimga deb 500 ming dollar naqd pul olib kelibdi. Mana qanday farzandlarimiz bor”, deydi Shavkat Mirziyoyev.
Ma’lumot o‘rnida, Alisher Usmonov ajratgan mablag‘ koronavirusga qarshi kurashish uchun qurilayotgan tibbiyot muassasalarini zarur tibbiyot jihozlari bilan ta’minlashga yo‘naltiriladi.
LiveBarchasi