Mirziyoyev Afg‘oniston bo‘yicha maqsadini ochiqladi

Olam

image

O‘zbekiston rahbari Afg‘onistonni terrorizm, urush va narkotik moddalardan xoli mamlakatga aylantirmoqchi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev 40 yildan ortiq urush maydoniga aylangan ushbu mamlakat bo‘yicha bugun, 26 iyul kuni Toshkentda o‘tkazilgan xalqaro konserensiya ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatida so‘z ochgan. 

Davlat rahbari Afg‘onistonning mintaqalararo iqtisodiy jarayonlarga integratsiyalashuvi muhimligiga e’tibor qaratgan. 

“Yaqinda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Janubiy va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash to‘g‘risidagi maxsus rezolyutsiya ham Afg‘onistonda tinchlikni saqlash xalqaro xavfsizlikni ta’minlash uchun g‘oyat muhim ahamiyatga ega ekanini tasdiqladi”, deydi Prezident Mirziyoyev. 

Uning qayd etishicha, butun xalqaro hamjamiyat afg‘on xalqi bilan birdamlikni namoyon etishi zarur. 

“Biz o‘z sa’y-harakatlarimizni Afg‘onistonni tinch, barqaror va gullab-yashnayotgan, terrorizm, urush va narkotik moddalardan xoli mamlakatga aylantirish uchun mustahkam poydevor yaratishga safarbar qilishimiz lozim. Afg‘oniston iqtisodiyotini qayta tiklash vazifasi bizning umumiy ustuvor yo‘nalishimizga aylanishi kerak, bu jafokash afg‘on zaminida mustahkam tinchlik o‘rnatishning muhim sharti hisoblandi. Bu yo‘nalish, xususan, mazkur mamlakatning mintaqalararo iqtisodiy jarayonlarga integratsiyalashuvini, infratuzilmalarga oid va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirishni o‘z ichiga oladi”, deydi Prezident.

Eslatib o‘tamiz, Mirziyoyev ushbu konferensiyada Afg‘onistonning hozirgi hukumatini terrorizmning har qanday shakli va ko‘rinishlari oldini olish va ularga qarshi kurashish, barcha xalqaro terrorchilik tashkilotlari bilan aloqalarni uzishga chaqirdi. Shuningdek, davlat rahbari, jahon hamjamiyatidan Afg‘oniston rasmiylarining mamlakatni mojarodan keyingi tiklanish, mustaqil, barqaror va o‘zini o‘zi ta’minlaydigan davlat barpo etish borasidagi sa’y-harakatlarini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlashni so‘radi


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Afg'oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot

Baholaganlar

255

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing