Şavkat Mirziyoyev dunyoning eng nufuzli musulmonlari röyxatiga kirdi
Bu qiziq
−
12:03 918 3 daqiqa
Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2027 yil uçun tuzilgan dunyoning 500 nafar eng nufuzli musulmoni reytingida 40-örinni egalladi. Bu haqdagi röyxat Iordaniyadagi Podşohlik islom strategik tadqiqotlar markazi (RISSC) tomonidan tayyorlangan “The Muslim 500” naşrida e’lon qilindi.
“Şavkat Mirziyoyev 2016 yildan buyon Özbekiston Prezidenti lavozimida faoliyat yuritib, keng kölamli “Yangi Özbekiston” islohotlar dasturiga boşçilik qilmoqda. Bunga qadar 2003 yildan 2016 yilgaça Boş vazir lavozimida işlagan bölib, Islom Karimovning 25 yillik boşqaruvidan söng uning örnini egalladi”, deyiladi manbada.
Şuningdek, reyting mualliflariga köra, Şavkat Mirziyoyevning siyosiy va iqtisodiy islohotlarini ham qayd etgan. Xususan, Özbekiston yetakçisi iqtisodiyotni liberallaştiriş, jumladan, valyuta islohotlarini ötkaziş, Özbekistonni xorijiy investitsiyalar uçun oçiş, xalqaro savdoni kengaytiriş va qişloq xöjaligini modernizatsiya qiliş jarayonlariga rahbarlik qilgan. Uning ma’muriyati davlat boşqaruvida islohotlarni joriy etiş bilan bir qatorda, ta’lim, soğliqni saqlaş va davlat xizmatlari sohalarini yaxşilaşga intilmoqda. Paxtaçilik sanoatida tizimli majburiy mehnatga barham berilgani eng muhim yutuqlardan biri bölgan.
“U qöşni Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalarni qayta tiklab, mintaqaviy savdo va hamkorlikni mustahkamlaş orqali Özbekistonning mintaqaviy munosabatlarini tubdan özgartirdi. Uning yanada oçiq taşqi siyosati Özbekistonning tobora muhim diplomatik va iqtisodiy hamkor sifatida şakllanişiga xizmat qildi”, deydi reyting mualliflari.
Bundan taşqari, Şavkat Mirziyoyevning islom merosi va ilm-fanga qöşgan hissasi e’tirof etilgan.
“Mirziyoyev Özbekistonning tarixiy islom merosini qayta tiklaş taşabbuskori hamdir. Uning hukumati masjidlarni quriş va ta’mirlaşni qöllab-quvvatladi, Haj va Umra ziyoratlari uçun imkoniyatlarni kengaytirdi hamda muhim muqaddas qadamjolar va maqomlarni tikladi. Imom al-Buxoriy va Imom Moturidiy yodgorlik majmualari yirik loyihalar sirasiga kiradi. U, şuningdek, tarixiy madrasalar va Toşkentdagi Islom sivilizatsiyasi markaziga investitsiya kiritiş bilan birga, Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy ilmiy-tadqiqot markazlari orqali an’anaviy islom ilmlarini tarğib qilişga hissa qöşdi”, deyiladi hujjatda.
Şu bilan birga, Özbekiston Prezidentining tarixiy obidalar, muzeylar va ta’lim muassasalariga sarmoya kiritiş orqali Özbekistonning milliy özligini mustahkamlaşga hamda mamlakatning islom ilm-fani va sivilizatsiyasining tarixiy markazi sifatidagi xalqaro nufuzini tiklaşga intilayotgani urğulangan.
Şuningdek, röyxatda Markaziy Osiyodan Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev, taniqli qozoğistonlik xonanda Dimaş Qudaybergen hamda Tojikiston ulamolar kengaşi raisi, muftiy Saidmukarram Abdulqodirzoda ham bor. Ular eng nufuzli 50 talikka emas, balki turli sohalar böyiça tuzilgan umumiy röyxatga kiritilgan.
2027 yilga möljallangan reytingda birinçi örin ilk bor beş nafar şaxsga birgalikda berilgan. Ular – Saudiya Arabistoni podşohi Salmon bin Abdulaziz va valiahd şahzoda Muhammad bin Salmon, Pokiston Boş vaziri Şahboz Şarif va feldmarşal Osim Munir, şuningdek, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan.
Bundan taşqari, reytingda dunyoga maşhur sportçilar va san’atkorlar ham joy olgan. Xususan, misrlik futbolçi Muhammad Saloh 39-örinni egallagan. Habib Nurmagomedov, Lamin Yamal, Arda Guler, Şohrux Xon va maşhur bloger Xabi Leym ham 500 nafarlik röyxatda mavjud.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston joriy yilgi dunyoning eng qudratli va ta’sirli mamlakatlari reytingiga kirgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi