Qashqadaryoda yana 5 nafar hokim tayinlandi

Jamiyat

image
Zoyir Mirzayev Qashqadaryo hokimi bo‘ldi north_east

Zoyir Mirzayev Qashqadaryo hokimi bo‘ldi

Avvalroq, Zafar Ro‘ziyevdan keyin, ikki o‘rinbosar ham lavozimidan ozod qilingani haqida xabar bergan edik. Viloyat Matbuot kotibining ma’lum qilishicha, ishdan olingan o‘rinbosarlar hududlarga hokim etib tayinlandi.

Viloyat hokimining sobiq birinchi o‘rinbosari Xurram Jo‘rayev Chiroqchi tumani hokimi va viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Baxtiyor Rajabov Mirishkor tumani hokimi lavozimlariga tayinlandi.

Shuningdek, vazifasidan ozod etilgan Qarshi shahar hokimi Jamshid Fozilov o‘rniga Kasbi tumani hokimi sifatida mehnat qilib kelayotgan Normo‘min Xolboyev tayinlandi. To‘xtamurod Mengliyev Normo‘min Xolboyev o‘rniga Kasbi tumaniga hokim bo‘ldi. 

Alisher Zokirov esa Kitob tumaniga hokim etib tayinlandi. U bugungacha “Mikrokreditbank” ATB Qashqadaryo viloyat filiali boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, Mirishkor tumani hokimi Ravshan Komilov daladan makkajo‘xori o‘g‘rilayotgan yoshi 60 atrofidagi kishini la’natlagani, haqoratlangani tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, ko‘plab e’tirozlarni keltirib chiqargandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo tayinlov

Baholaganlar

404

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing