Zoyir Mirzayev Qashqadaryo hokimi bo‘ldi
Jamiyat
−
26 Oktabr 2019
11391Avvalroq, Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyev lavozimdan ozod qilinishi kutilayotgani, uning o‘rnini O‘zbekiston Bosh vazirining sobiq o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksining rahbari Zoyir Toirovich Mirzayev tayinlanishi kutilayotgani haqida xabar bergan edik.
Bugun, 26 oktyabr kuni Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Unda Mirzayev Zoyir Toirovich - Qashqadaryo viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Zoyir Mirzayev bugungacha qator davlat tashkilotlarida rahbarlik lavozimida faoliyat olib borgan. Xususan, Bosh vazir o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksining rahbari, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hokimi, Yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.