Minskda muxolifat vakili Mariya Kolesnikova g‘oyib bo‘ldi

Olam

image
Minskda namoyishchilar Lukashenkoning qarorgohiga to‘plandi north_east

Minskda namoyishchilar Lukashenkoning qarorgohiga to‘plandi

Belarus Muxolifati Muvofiqlashtirish kengashi Rayosati a’zosi Mariya Kolesnikova bugun, 7 sentyabr kuni Minsk markazida g‘oyib bo‘ldi. Taxminan 10:05 da oddiy kiyingan niqobli erkaklar Kolesnikovani Milliy san’at muzeyida hibsga olgan. U mikroavtobusga o‘tirgan va noma’lum tomonga olib ketilgan. Bu haqda “Interfaks” yozmoqda

Ushbu hodisaga guvohlik qilgan ayol voqeani telefon kamerasida tasvirga olishga qo‘rqqanini aytadi. “Kolesnikovaning telefoni o‘chirilmagan, ammo u qo‘ng‘iroqlarga javob bermayapti”, deydi guvoh. 

Muvofiqlashtirish kengashining Matbuot kotibi Anton Rodnenkovning aytishicha, Kolesnikova ish bilan shahar markazida bo‘lgan. Soat 11:00 da Rodnenkovning telefoni ishlamay qolgan. 

"Mariya va Anton qayerdaliklarini bilmayman va ular bilan bog‘lana olmayapman”, deydi Muvofiqlashtirish kengashi Prezidiumi a’zosi Maksim Znak. 

Kengash Prezidiumi a’zosi, sobiq diplomat Pavel Latushkoning aytishicha, Kengash Kolesnikova hibsga olingani to‘g‘risida ma’lumot olgan. Uning fikricha, bu uning Kengashdagi faoliyati bilan bog‘liq. 

"Anton Rodnenkov va Ivan Kravsov ham aloqaga chiqmayapti. Ular qayerda va nima bo‘lgani noma’lum. Biz faqat taxmin qilishimiz mumkin. Ammo hokimiyat Kengash ishiga imkon qadar to‘sqinlik qilish uchun hamma narsani qilayotgani aniq”, deydi Latushko. 

Avvalroq, Muxolifat Muvofiqlashtirish kengashining tashkil etilishi munosabati bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan edi. Ushbu ish bo‘yicha kengash vakillari so‘roq qilish uchun chaqirilgan. Hibsga olinganlarga qaramay, Kengash o‘z faoliyatini davom ettirdi.

O‘tgan yakshanba kuni,  Minskdagi ommaviy noroziliklar kuni,  kengashning yana bir a’zosi Andrey Yogorov hibsga olingan. 

O‘tgan yakshanba kuni, Minskda o‘tgan ommaviy noroziliklarda Kengashning yana bir a’zosi Andrey Yegorov ham hibsga olingan. 

Dushanba kuni ertalab Belarus Ichki ishlar vazirligi 42 aholi punktida ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tgani, ularda 31 mingga yaqin odam qatnashgani va 633 nafar huquqbuzar hibsga olinganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Belarus' Mariya Kolesnikova

Baholaganlar

158

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing