Minskda namoyishchilar Lukashenkoning qarorgohiga to‘plandi
Olam
−
06 Sentabr 2020
13058Belarusda joriy yilning 9 avgust kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovii natijalariga qarshi namoyishlar davom etmoqda.
Bugun, 6 sentyabr kuni yana muxolifat tarafdorlari Minsk ko‘chalariga chiqdi. Namoyish ishtirokchilari dastlab Mustaqillik maydoniga yig‘ildilar, so‘ng ularning bir qismi Prezident Lukashenkoning qarorgohi tomon yo‘l oldilar.
OAVning ta’kidlashicha, saroy, poytaxtdagi boshqa muhim ob’ektlar singari, oldindan himoya ostiga olingan: huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bo‘lajak aksiya haqida ma’lumotga ega edilar.
Politsiya amaldagi davlat rahbarining siyosatiga qarshi shiorlar bilan chiqqan ba’zi namoyishchilarni hibsga oldi. Shuningdek, namoyishlarni to‘xtatish uchun politsiya ko‘zni achishtiruvchi gazdan foydalangan.
Norozilik aksiyalari Minsk bilan birga Belarusning boshqa yirik shaharlarida, xususan, Grodnoda o‘tkaziladi.
LiveBarchasi