Mingbuloqda sudya 2 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
31 yanvar
8336Kecha, 30 yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mingbuloq tuman sudining raisi Sh.S. 2 000 AQSH dollari miqdorida pora olayotganida qo‘lga tushdi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.
Sudya o‘zining ish yurituvidagi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi va boshqa moddalari bilan ayblangan sudlanuvchi O.S.ga yengilroq jazo tayinlash evaziga, sudlanuvchining otasi V.S.dan 2 000 AQSH dollari olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushlangan.
Bugun, 31 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Oliy sud Plenumining majlisida Bosh prokurorning sudya Sh.S.ni Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoiy javobgarlikka tortish va unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash haqidagi taqdimnomasi ko‘rib chiqilib, rozilik berilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Farg‘ona viloyatida 43 ming AQSH dollari va 111,5 million so‘m miqdorida pora olgan mansabdor shaxslar qo‘lga olingandi.
LiveBarchasi