MIB xodimlarining kaltaklanishi bo‘yicha jinoyat ishi ochildi

Jamiyat

image

Avvalroq, Qashqadaryo viloyatida aka-ukalar Majburiy ijro byurosi xodimini kaltaklagani haqida xabar bergan edik.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratuarsi MIB xodimlarining kaltaklanishi yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 23 avgust kuni soat 17:30 larda MIB Koson tuman bo‘limi davlat inspektorlari tumanning Quyibog‘ mahallasida yashovchi fuqaro J.Q.ning xonadoniga elektr energiyasidan foydalanish holatlarining qonuniyligini tekshirish uchun borgan. Fuqaro elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlanib, holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirayotganlarida, J.Q.ning ukasi S.Q. (1985 y.t.) aralashib, davlat inspektorlarini qo‘pol so‘zlar bilan haqoratlab, tanasining turli qismlariga tan jarohatlari yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan 27 avgust kuni tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

 


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo MIB

Baholaganlar

53

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing