Meta va Microsoft yangi Lama tilini taqdim etdi

Texnologiya

image

Meta Microsoft bilan hamkorlikda o‘zining katta til modelini namoyish etdi. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar berdi.

Meta ChatGPT va Google Bard bilan raqobatlashish uchun ushbu modelning yangi versiyasini Microsoft'da bepul taqdim etadi.

Lama 2 deb nomlangan ushbu til modelining yangi versiyasi Microsoft tomonidan Azure bulutli platformasi orqali tarqatiladi va Windows operatsion tizimida ishlaydi. Bu haqda Meta o‘zining blogpostida xabar qoldirgan va unda Microsoft'ga "bizning afzal ko‘rgan hamkorimiz" deb murojaat qilgan. 

Birinchi Lama allaqachon  o‘zidan avvalgi modellar bilan raqobatga kirishdi va ajdodlariga qaraganda 40 foiz ko‘proq ma’lumotlarni qayta ishladi. 

Lama yangi til modeli ochiq manbaga ega. Bu tilning kengroq tarqalishiga imkoniyat yaratadi va raqobatchilar  auditoriyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bunda Meta’ning keng tarqalayotgan ochiq manbali ekotizimi raqiblarning xususiy texnologiyasidan daromad olish rejalarini buzishi mumkin.

"Ba’zi boshqa kompaniyalardan farqli o‘laroq, biz bulutli hisoblash xizmatini sotmayapmiz, bu yerda biz xususiy dasturiy ta’minot infratuzilmasini saqlashga harakat qilamiz", dedi Sukerberg.

Kompaniya, shuningdek, zo‘ravonlik, terrorizm, bolalarni ekspluatatsiya qilish va boshqa jinoiy faoliyatlarni o‘z ichiga olgan "ayrim foydalanish holatlarini" taqiqlovchi tijorat lamalari uchun "maqbul foydalanish" siyosatini joriy etgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Meta yaqindagi Twitter`ga raqobatchi bo‘lgan yangi Threads platformasini ishga tushirgan. Twitter buning uchun kompaniyani ichki sirlardan noqonuniy foydalanishda ayblagan va sudga berish bilan taxdid qilgan.

Sevara Husniddinova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Microsoft Meta Lama

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing