Microsoft servislarida global uziliş yuz berdi

Olam

−

image

Microsoft kompaniyasining Outlook, Teams va Copilot xizmatlarida global nosozlik kuzatildi. Uziliş 74 ta mamlakat va hududdagi ön minglab foydalanuvçilarga ta’sir körsatdi. Bu haqda DW xabar berdi. 

Ma’lum qilinişiça, nosozlik bugun, 13 noyabr kuni yuz bergan va beş soatdan ortiq davom etgan. Foydalanuvçilar elektron poçtalariga kira olmagan, şuningdek, Microsoft’ning boşqa xizmatlaridan foydalanişda ham muammolarga duç kelgan.

Microsoft 365 Status sahifasida kompaniya Şimoliy va Janubiy Amerikadagi foydalanuvçilardan Exchange Online poçta xizmatiga ulaniş bilan boğliq şikoyatlar kelib tuşganini bildirgan. Keyinçalik bunday muammolar boşqa hududlarda ham kuzatilişi mumkinligi ma’lum qilingan.

Kompaniya nosozlikka ayrim hududlardagi infratuzilmaga tuşgan yuqori yuklama sabab bölganini bildirdi. Biroq bunga internet-trafikning ortişi sabab bölmagan. Microsoft ma’lumotlar oqimini muqobil yönalişlarga ötkazganidan söng xizmatlar faoliyati bosqiçma-bosqiç tiklana boşlagan.

Uziliş boşqa kompaniyalar faoliyatiga ham ta’sir körsatdi. Jumladan, elektr yuk maşinalari işlab çiqaruvçi Workhorse Group dasturiy ta’minotdagi muammolar sabab çoraklik hisobotini taqdim etişni 16 noyabrga qoldirgan.

Şuningdek, OpenAI va Anthropic kompaniyalari Microsoft 365 infratuzilmasidan foydalanadigan ayrim vositalarida ham nosozliklar kuzatilganini bildirgan. Xususan, ilovalar örtasida ma’lumot almaşiş va ularni boğlaş uçun işlatiladigan konnektorlar kutilganidek işlamagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Microsoft kompaniyasi 2027 yilda Windows 12 operatsion tizimini taqdim etmasligi, uning örniga Windows 11’ning 27H2 versiyasini çiqarişi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing