Microsoft 60 ming xodimiga işdan ketişi uçun pul taklif qilyapti
Olam
−
10:54 755 2 daqiqa
Microsoft kompaniyasi xarajatlarni kamaytiriş va sun’iy intellektga yönaltirilayotgan katta investitsiyalarni moliyalaştiriş maqsadida 60 mingga yaqin xodimiga ixtiyoriy ravişda işdan ketiş taklifini bermoqda. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilişiça, taklif kompaniyaning global xodimlarining çorak qismidan köproğini qamrab oladi. Dastur Windows, Copilot, sun’iy intellekt, moliya, kadrlar boşqaruvi, Xbox hamda Windows + Devices yönalişlarida işlaydigan xodimlarga tegişli bölişi mumkin. Marketing, tijorat faoliyati va xavfsizlik bölimlari esa dasturga kiritilmaydi.
Microsoft kompaniyasining kadrlar böyiça direktori Emi Koulmanning xodimlarga yöllagan murojaatida aytilişiça, dastur kompaniyadan ketişni öylayotgan xodimlarga bu jarayonni qöllab-quvvatlaş asosida amalga oşiriş imkonini beradi. Şu bilan birga, kompaniyaning ayrim bölinmalariga öz xodimlari sonini özgarayotgan ehtiyojlarga moslaştirişga yordam beradi.
Kompaniya joriy yil davomida kapital xarajatlari uçun 175 milliard dollar sarflaşni rejalaştirgan. Uşbu mablağning katta qismi sun’iy intellekt uçun ma’lumotlar markazlari va çiplarni rivojlantirişga yönaltiriladi. Bu xarajatlar investorlarda kiritilgan sarmoyalar kutilgan daromadni berişi borasida savollarni yuzaga keltirmoqda.
Microsoft’ning yillik hisobotiga köra, joriy yilning 30 iyun holatiga kompaniyada dunyo böylab 223 ming nafar doimiy xodim işlagan. Şuningdek, kompaniya joriy yilning boşida AQŞdagi işçi kuçining qariyb 7 foiziga, ya’ni 9 ming nafarga yaqin xodimiga ixtiyoriy işdan ketiş taklifini bergan.
Bundan taşqari, iyul oyida Microsoft global xodimlarining qariyb 2,1 foiziga teng bölgan 4,8 mingta iş örnini qisqartirişini e’lon qilgan edi. Öşanda kompaniya Xbox öyinlar biznesini qayta taşkil etiş va ayrim studiyalar faoliyatidan voz keçiş orqali xarajatlar samaradorligini oşirişni közlagan.
Yangi dastur vaqt bilan çeklangan va ixtiyoriy xususiyatga ega. Microsoft ma’lumotiga köra, u Kanada, Hindiston, Buyuk Britaniya va AQŞdagi iştirokçi jamoalarning 70-daraja va undan past lavozimdagi xodimlari uçun amal qiladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Netflix kompaniyasi xodimlarining qariyb 6 foizini işdan böşatişga qaror qilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi26 Oktyabr
26 Oktyabr