Microsoft Windows 12’ni çiqarişdan voz keçişi mumkin
Texnologiya
−
09:27 467 2 daqiqa
Microsoft kompaniyasi 2027 yilda Windows 12 operatsion tizimini taqdim etmasligi, uning örniga Windows 11’ning 27H2 versiyasini çiqarişi mumkin. Insayderlar ma’lumotiga köra, uşbu yangilaniş tizimning keng qamrovli qayta işlanişini nazarda tutadi. Bu haqda “PCWorld” xabar berdi.
Qayd etilişiça, Microsoft yaqinda Windows 11’ning 26H2 versiyasini taqdim etgan. Biroq yangilaniş foydalanuvçilar kutganidek katta özgarişlarni olib kelmagan va unga nisbatan yangi funksiyalar soni ham kam bölgan.
Naşrning yozişiça, kompaniya hozirda Windows 11’ning navbatdagi yirik yangilanişi ustida işlamoqda. 2027 yilda çiqarilişi kutilayotgan 27H2 versiyasi operatsion tizimning muhim qismlarini qayta körib çiqiş va takomillaştirişni öz içiga olişi mumkin.
Insayderlar yangi versiyani keng qamrovli qayta loyihalaş deb ta’riflamoqda. Unda asosiy e’tibor tizim sifati, barqarorligi va muhim komponentlarini yaxşilaşga qaratilişi aytilmoqda. Yangilaniş kölami 2024 yilda çiqarilgan Windows 11 24H2 versiyasiga teng bölişi taxmin qilinmoqda.
Şu bilan birga, Microsoft hozirça Windows 11 27H2 yoki 2027 yilga möljallangan boşqa operatsion tizim yangilanişlari haqida rasmiy ma’lumot bermagan. Şu sababli bu xabarlar hozirça norasmiy ma’lumot sifatida qaralmoqda.
Mutaxassislar fikriça, Microsoft hozirça Windows 12 nomidan foydalanmaslik orqali yangi operatsion tizimga nisbatan yuqori kutilmalar va bosimning oldini olişga urinayotgan bölişi mumkin. Kompaniya esa Windows 11’ni bosqiçma-bosqiç takomillaştiriş va foydalanuvçilar fikrini inobatga olişga köproq e’tibor qaratmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Microsoft kompaniyasi xarajatlarni kamaytiriş va sun’iy intellektga yönaltirilayotgan katta investitsiyalarni moliyalaştiriş maqsadida 60 mingga yaqin xodimiga ixtiyoriy ravişda işdan ketiş taklifini berayotgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi