Kiberhujumlar va bioterrorizm: Bill Geyts yana SI xavfidan ogohlantirdi

Texnologiya

−

image

Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning rivojlanishi sababli 20 yillik beqarorlikka tayyorgarlik ko‘rishga chaqirmoqda. Bu u haqda “The Verge” nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi.

Bill Geytsning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yildagi SI progressi hayratga soladi. U kod yozishni, kiberzaifliklarni topishni, biologiyada mulohaza yuritishni va odamlar bilan munosabatlar o‘rnatishni o‘rgangan.

“Bugungi kunda mavjud bo‘lgan beqiyos qudrat shuni anglatadiki, bularning barchasi sodir bo‘ladi va jamiyat bunga tayyor bo‘lishi kerak”, deya qo‘shimcha qilgan milliarder.

Uning aytishicha, asosiy xavf himoya mexanizmlarisiz modellardan kelib chiqadi. Aynan shunday modellar kiberhujumlar va bioterrorizm uchun imkoniyatlar ochadi. Yanada olisdagi tahdid esa har qanday ilg‘or model ustidan nazoratni yo‘qotish bilan bog‘liq.

“Biz imkoniyatlar bo‘sag‘asidan o‘tdik: bu, shubhasiz, ilgari o‘ylab topilgan eng xavfli texnologiyadir va u iqtisodiyotga hamda urushlar olib borilish tarziga hamma tomonlama ta’sir ko‘rsatadi”, deydi Bill Geyts.

Uning so‘zlariga ko‘ra, industriya xavf-xatarlar haqida ochiq-oshkora gapirmoqda, ammo undan tashqarida “bu safar hamma narsa boshqacha” ekaniga ishonishga tayyorlik darajasi juda past.

“Industriya insayderlari tomonidan berilayotgan ogohlantirishlarning hech biri soxta emas. Bu mutlaq haqiqatdir”, deydi nashr suhbatdoshi.

Uning aytishicha, SI ustidan nazorat o‘rnatish uchun uchta fundamental yondoshuv mavjud: modellarni yaratishning o‘ziga xos usulini o‘zgartirish (mustahkamlash orqali o‘qitishdan voz kechish), shaffoflikni ta’minlash (“oq quti”, ichida nima borligini ko‘rish uchun) yoki “politsiya qatlami”ni – model buza olmaydigan ramziy xavfsizlik qoidalarini yaratish.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Bill Geyts sun’iy intellekt “milliardlab o‘limga” olib keladigan voqealarni keltirib chiqarishga qodirligini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing