Messisiz Argentina JCH yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Sport

image

Bugun, 26 mart tongida 2026 yilda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati Janubiy Amerika mintaqasi saralash bosqichi doirasida Argentina Braziliyani qabul qildi va 4:1 hisobida g‘aaba qozondi. 

O‘yinning 4-daqiqasidayoq mezbonlar hujumchisi Xulian Alvares hisobni ochgan bo‘lsa, Enso Fernandes 12-daqiqada oradagi farqni ikkitaga oshirdi. 26-daqiqada Braziliya hujumchisi Mateus Kunya hisobni qisqartirdi. Birinchi taym oxirida, ya’ni 37-daqiqada Aleksis Makallister hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. Ikkinchi taymning 71-daqiqasida Juliano Simeone ham gol urib, yakuniy nuqtani qo‘ydi. 

Shu tariqa, 4:1 hisobida g‘alaba qozongan Argentina terma jamoasi turnir jadvalida 31 ochko jamg‘argan holda muddatidan avval Jahon chempionati-2026 turniriga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Braziliya esa 21 ochko jamg‘argan holda 4-o‘rinni band etib turibdi.

Ta’kidlash joiz, jarohati sabab terma jamoa sardori Lionel Messi Argentinaning mart oyidagi yig‘inlariga kelolmadi. Shuningdek, uzoq tanaffusdan keyin Braziliya termasiga chaqiruv olgan Neymar ham yig‘inga bir necha kun qolganida jarohat oldi va qaydnomadan chiqarildi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Neymar Jahon chempionati Braziliya Argentina Janubiy Amerika

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing