Messining onasi Niko Pasni öğlining vorisi deb atadi

Sport

−

image

Sakkiz karra “Oltin töp” sohibi Lionel Messining onasi Seliya Kuççittini “Komo” yarim himoyaçisi Niko Pasni Argentina terma jamoasida öğlining vorisi deb biladi. Bu haqda futbolçining amakisi Fabian Pas “Radio La Red” naşriga ma’lum qildi.

Joriy yilning 7 oktyabr kuni Messi Argentina terma jamoasi safidagi sönggi öyinini ötkazdi. Argentinaliklar Beninni 3:0 hisobida mağlub etdi. Hujumçi mazkur uçraşuvda bitta gol urib, ikkita golli uzatmani amalga oşirdi. Öyindan söng Messining onasi va Niko Pas örtasida suhbat bölib ötdi.

“U kiyiniş xonasidan çiqqanida, Messining onasi yiğlab ötirardi. Niko uni tanigani uçun salom beriş maqsadida yaqinlaşdi. Şunda Messining onasi uning qölidan uşlab: “Sen mening öğlimning vorisisan”, dedi. Men uni maşinada kutib turgan edim. Niko taşqariga çiqqanidan keyin şok holatida edi. U menga: “Men bilan nima sodir bölganiga işona olmayapman”, dedi. Bu haqda xuddi aql bovar qilmaydigan voqea yuz bergandek gapirib berdi. U qalbida hamon bola, juda ta’sirçan inson”,  deydi Fabian Pas.

Ma’lumot uçun, 39 yoşli Messi 2023 yildan buyon Şimoliy Amerika Oliy futbol ligasi (MLS) vakili “Inter Mayami”da töp surib kelmoqda. U Yevropa faoliyati davomida “Barselona” va “Pari Sen-Jermen” jamoalarida öynagan. “Barselona” safida 4 marta Çempionlar ligasi, 3 marta UEFA Superkubogi va uç marta klublar örtasidagi jahon çempionatida ğolib çiqqan.

Hujumçi Argentina terma jamoasi bilan 2022 yilgi Jahon çempionati ğolibi, 2014 va 2026 yilgi mundial finalçisi, 2008 yilgi Olimpiya çempioni va ikki karra Amerika Kubogi ğolibi (2021, 2024) hisoblanadi. Şuningdek, u “Oltin töp”ni eng köp qölga kiritgan futbolçi hisoblanadi.

22 yoşli Niko Pas “Real”ning yoşlar akademiyasi tarbiyalanuvçisi hisoblanadi. U 2024 yilda madridliklar safida Ispaniya çempionati, Çempionlar ligasi va Ispaniya Superkubogida ğolib çiqqan. Futbolçi 2024 yildan buyon “Komo”da töp surmoqda. Dastlab Italiya klubida ijara asosida öynagan Pas keyinçalik jamoaning tölaqonli futbolçisiga aylangan. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing