Messi Maradonaning vafoti haqida gapirdi

Sport

image
Maradona tasvirlangan banknota chiqarilishi mumkin north_east

Maradona tasvirlangan banknota chiqarilishi mumkin

Kataloniyaning "Barselona" klubi hujumchisi va sardori Lionel Messi Ispaniyaning "La Sexta" telekanaliga bergan intervyusida futbol afsonasi Diyego Armando Maradonaning vafoti haqidagi savolga javob berdi. 

Messining aytishicha, Maradonaning o‘limi haqida eshitganida u uyda bo‘lgan. Unga buni o‘zining otasi ma’lum qilgan. 

"Hech kim bunga ishonolmadi, jumladan, men ham. Bu shunchaki aqldan ozishdek holat edi", degan futbolchi. 

Shuningdek, Messi Maradonanikidek dafn marosimini xohlamasligini ma’lum qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, argentinalik futbolchi Diyego Maradona 25 noyabr kuni 60 yoshida vafot etdi. Uning o‘limiga yurak huruji sabab bo‘ldi. Uning dafn marosimi Buenos-Ayresda o‘tkazildi. Marosim vaqtida afsonaning muxlislari tartibsizliklar keltirib chiqardi.

Avvalroq, Maradonaning jasadi eksgumatsiya qilinishi va maxsus qurilgan maqbaraga joylashtirilishi mumkinligi aytilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Messi Maradona

Baholaganlar

350

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing