Messi terma jamoadagi faoliyatini yakunladi

Sport

image

Hujumchi Lionel Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

“Finaldan beri o‘tgan vaqt va uzoq mulohazadan so‘ng, hammaga milliy terma jamoadagi faoliyatimni yakunlayotganimni e’lon qilmoqchiman… Bu og‘riqli va hanuzgacha og‘riq berayotgan qaror bo‘ldi, ammo hozir eng munosib vaqt ekanini tushunib turibman. Qasam ichamanki, nafaqat hamma narsani yutib olgan oxirgi yillarimizda, balki undan oldin ham doimo bor kuchimni berganman, futbol orqali sizga quvonch ulashish va argentinalik ekaningizdan faxrlanishingiz uchun ushbu futbolka bilan doimo kurashganman va bor vujudimni bag‘ishlaganman.

Vaqt oz qoldi, boblar yopilmoqda va bu bob menga chuqur og‘riq yetkazmoqda. Men milliy terma jamoada bo‘lishni sevganman, sevardim va doimo sevaman.

Men bor kuchimni berdim; beradigan boshqa hech narsam qolmadi, bundan tashqari, ortimdan u yerda bo‘lishga loyiq juda iqtidorli yosh o‘yinchilar kelmoqda.

Bu 20 yil davomidagi barcha mehr-muhabbatingiz uchun tashakkur.

Endi men ham sizlardan biri bo‘laman, doimo tashqaridan turib sizlarni qo‘llab-quvvatlayman va muxlislik qilaman (yaxshi kunlarda ham, ayniqsa yomon kunlarda ham). Meni ushbu go‘zal, ammo mashaqqatli sayohatda yolg‘iz qoldirmay, doimo yonimda bo‘lgan oilamga rahmat. Ushbu sayohatni baham ko‘rish baxtiga muyassar bo‘lganim — har bir murabbiy, jamoadoshlarim va menejerlarga tashakkur. O‘zim bilan unutilmas xotiralar va lahzalarni olib ketmoqdaman. Sizlarga va jamoadoshlarimga ertakka o‘xshash lahzalarni taqdim etganimdan xotirjamlik va faxr tuyg‘usi bilan ketmoqdaman. Bularning barchasini sizlar bilan birga boshdan kechirish ajoyib edi.

Sizlarni sevaman! Meni argentinalik qilganing uchun tashakkur, Xudoyim! Olg‘a, Argentina!

Men bu so‘zlarni 21 iyul kuni, finaldan ikki kun o‘tib yozgandim. Otam bilan sodir bo‘lgan voqeadan so‘ng, bunga yanada ko‘proq amin bo‘ldim”, deb yozdi Messi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Ma’lumot uchun, Argentina terma jamoasi tarkibida Messi 2022 yilgi jahon chempioni, 2021 va 2024 yillarda Amerika kubogi sohibi, 2022 yilgi Finalissima g‘olibi hamda 2008 yilgi Olimpiya chempioni bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing