Messi yana jahon chempioni bo‘lishi uchun bor kuchimizni beramiz – Alvares
Sport
−
13 iyul 1488 1 daqiqa
Argentina terma jamoasi hujumchisi Xulian Alvares Messi yana jahon chempioni bo‘lishi uchun butun terma jamoa bor kuchi bilan harakat qilishini aytdi. Bu haqda u “The Touchline” nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi.
“Biz Messining yana Jahon chempionatida g‘alaba qozonishi uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. Har bir o‘yin uning uchun kurash. Gol urganimdan keyin qilgan birinchi ishim Leoni quchoqlash bo‘ldi”, deydi Alvares.
Argentina chorak finalda Shveysariyani 3:1 hisobida mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l olgan edi. Alvares mazkur bahsning 112-daqiqasida gol urib, jamoasining g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi.
Endi “Albiseleste” 2026 yilgi Jahon chempionati yarim finalida Angliya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv joriy yilning 15 iyul kuni AQSHning Atlanta shahridagi “Atlanta” stadionida bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 23:55 da boshlanadi.
Live
Barchasi