Maradona bilan vidolashish marosimida tartibsizliklar yuz berdi (fotoreportaj)
Sport
−
26 noyabr 2020 13834 1 daqiqa
Bugun, 26 noyabr kuni Argentina poytaxti Buenos-Ayresda, futbol afsonasi Diyego Maradona bilan hayrlashish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ammo Marosim o‘tkazilgan La Casa Rosada Prezident saroyi yonida tartibsizliklar yuz berdi. Bu hakda Argentina ommaviy axborot vositalari yozmoqda.
Kelayotgan xabarlarga ko‘ra, minglab odamlar Maradona bilan xayrlashish uchun navbatda turishgan, ammo Diyegoning tobutini ko‘rish uchun panjara oshib o‘tishga xarakat qilganlar ham bo‘lgan. Natijada politsiya bilan to‘qnashuvlar yuzaga kelgan.

Eslatib o‘tamiz, 25 noyabr, chorshanba kuni Buenos-Ayresda jahon chempioni, Italiyaning ikki karra chempioni Diyego Maradona 60 yoshida vafot etdi. Argentinada uning vafoti munosabati bilan uch kunlik motam e’lon qilindi.








