Merkel 2021 yil uchun “umid ramzi” nima ekanini aytdi

Olam

image

Germaniya kansleri Angela Merkel koronavirusga qarshi o‘z navbati kelganda emlanishini ma’lum qildi.

U emlash jarayonida ko‘plab odamlar ishtirok etayotganini ta’kidlagan. 

"Bu bosqichma-bosqich jarayon. Avval ma’lum bir yoshdagilar va professional guruhlar emlanadi, oxirida esa xohlovchilar emlanadi. Men ham o‘z navbatim kelganida emlanaman", degan Merkel. 

Shuningdek, siyosatchi COVID-19 ga qarshi vaksinani 2021 yil uchun "umid ramzi" deb atagan.

Ma’lumot uchun, Germaniyada koronavirusga chalinganlar 1,69 mlndan oshgan. 32 ming 267 nafar bemor vafot etgan. 

Avvalroq, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasini qabul qilgandi.

Shuningdek, AQSHning saylangan Prezidenti Jozef Bayden ham koronavirusga qarshi vaksina bilan emlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Angela Merkel'

Baholaganlar

52

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing