Angela Merkelni judayam soğinyapman – Makron

Olam

−

image

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron jurnalist Fransuaza Degoa bilan şaxsiy yozişmasida Germaniyaning sobiq kansleri (2005–2021) Angela Merkel va Italiyaning sobiq boş vaziri (2021–2022) Mario Dragini soğinayotganini ma’lum qildi. Bu haqda Degoaning “Sizlarning hammangiz menga nisbatan juda şafqatsizsiz” nomli kitobiga tayanib, RTL telekanali xabar berdi. 

“Men zerikayapman. Hamma narsa zerikarli va ijodiy energiyasi yöq. Men Mario Dragi va Angela Merkelni judayam soğinayapman. Ha, ba’zida sodir bölayotgan voqealar menga oğirlik qiladi”, deb yozgan Makron 2024 yilning oktyabr oyida Bryusseldagi YeI sammiti paytida.

Jurnalist va Fransiya Prezidentining Telegram messenjeridagi yozişmalari ikki yilga yaqin davom etgan. Degoaning sözlariga köra, u xabarlarni e’lon qiliş uçun Prezidentdan ruxsat söramagan.

Makron, şuningdek, xabarlarda Fransiyadagi siyosiy vaziyatni, 2024 yilgi muddatidan ilgari ötkazilgan parlament saylovlarini va “Milliy birlaşuv” partiyasining istiqbolini muhokama qilgan. U raqiblarining çaqiriqlariga qaramay iste’foga çiqiş niyati yöqligini bildirgan hamda sotsialistlar va öng qanot vakillarini tanqid qilgan.

Bundan taşqari, Prezident 2027 yilda vakolati yakunlanganidan keyingi rejalari haqida gapirib ötgan. Uning sözlariga köra, u Fransiyadan taşqarida öz biznesi bilan şuğullaniş imkoniyatini körib çiqmoqda, ammo kimgadir işlaş niyatida emas.

Ma’lumot uçun, Angela Merkel 2005 yildan 2021 yilgaça Germaniya kansleri lavozimini egallagan va 2000-018 yillarda Xristian-demokratik ittifoq (XDI) raisi bölgan.

Mario Dragi 2021-2022 yillarda Italiya boş vaziri va 2011-2019 yillarda Yevropa Markaziy banki prezidenti bölib işlagan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing