Angela Merkel haqida serial suratga olinmoqda

Olam

image

Germaniyaning sobiq kansleri Angela Merkel siyosatdan ketganidan uch yil o‘tib, u haqda “Miss Merkel” nomli komediya janridagi serial suratga olinmoqda. Bu haqda “Financial Times” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, serial Italiya televideniyesi tomonidan suratga olinayotgan bo‘lib, Agata Kristining detektiv roman qahramonidan ilhomlangan holda yaratilgan. Kinokartinada Merkel Helmut laqabli iti bilan qotilliklarni fosh qiladi.

E’tiborlisi shuki, serialdagi aktrisa sobiq kanslerning ish faoliyatidagi tashqi ko‘rinishini saqlab qolgan bo‘lib, uni rangli kurtkalari va “bob” soch turmagida ko‘rish mumkin.

Ma’lumot uchun, Angela Doroteya Mergel – nemis davlat va siyosiy arbobi, fizik kimyogar, tabiiy fanlar doktori. 2005 yil 22 noyabrdan 2021 yil 8 dekabrgacha Germaniya Federal kansleri lavozimida faoliyat yuritgan. U bu lavozimni egallagan birinchi ayol bo‘lib, Germaniya tarixida uzoq hukmronlik qilgan uchinchi kansler hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Angela Merkel' telenovella rol'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made