MDH davlatlari rus tilini millatlararo muloqot tili sifatida targ‘ib qilishga ko‘ndi

Olam

image

Rossiya uzoq vaqtlik maqsadiga baribir erishdi. Endilikda rus tili MDH davlatlari o‘rtasida millatlararo til sifatida tan olindi. Bu haqda Kreml xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda bo‘layotgan sammitda MDH davlat rahbarlarining rus tilini millatlararo muloqot tili sifatida qo‘llab-quvvatlash va targ‘ib qilish to‘g‘risidagi bayoni imzolangan.

Shuningdek, yig‘ilgan barcha davlat rahbarlari “Xalqaro rus tili tashkilotini ta’sis etish to‘g‘risida”gi shartnomaga ham e’tirozsiz imzo chekkan.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov mazkur sammitga kelar ekan, Rossiyaning maqsadlaridan biri aynan mana shu ekanini yashirmagan. U kecha, 12 oktyabr kuni, hali sammit boshlanmasidanoq MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida rus tilining maqomini oshirishni muhokama qilgan edi. 

“Xalqaro rus tili tashkiloti har qanday manfaatdor davlat, shu jumladan Hamdo‘stlikka a’zo bo‘lmaganlar uchun ham ochiq bo‘ladi”, degan edi u Bishkekdagi matbuot anjumanida.

Rus tiliga oid hujjatlar imzolanishi bilan, Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko rus tilini alqab chiqdi. U MDH davlatlari xalqlari uchun umumiy deb hisoblaydi va rus tili bo‘yicha xalqaro tashkilot tashkil etilishini qo‘llab-quvvatlaydi.

 

“Millatlararo muloqot tilini, ular aytganidek, yo‘qotib bo‘lmaydi. Keyin esa, men umuman tushunmadim, nega ular uni yo‘qotishi kerak, bu bizga, bizning avlodimizga zararmi?.. Yo‘q. bolalar. Bu bizning mulkimiz”, dedi MDH Davlat rahbarlari kengashining tor doiradagi yig‘ilishidan Lukashenkoning so‘zlarini keltirgan BelTA agentligi.

Ma’lumot uchun, hozirda Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH)ga 9 davlatni – Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekistonni o‘z ichiga qamrab oladi. Ammo bunda Turkmaniston kuzatuvchi davlat sifatida ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, 2022 yilning 14 oktyabr kuni Ostonada bo‘lib o‘tgan Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi shafeligida Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev rus tilini qo‘llab-quvvatlash va targ‘ib qilish bo‘yicha xalqaro tashkilot tuzishni taklif qilgandi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin MDH Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida aytib o‘tgan.

“Biz uning boshlanishiga Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev tomonidan MDH shafeligida rus tilini targ‘ib qilish bo‘yicha xalqaro tashkilot tuzish bo‘yicha taklif etilgan yangi qiziqarli loyiha bilan yaqinlashayotganimiz ramziy ma’noga ega. Tabiiyki, biz ushbu tashabbusni amalga oshirishga maksimal darajada yordam beramiz”, degan edi Putin o‘shanda. 

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti e’tiborni “bu qandaydir tayyorgarlik emas, bu haqiqatan ham Qozog‘iston prezidentining g‘oyasi” ekaniga ishontirmoqchi bo‘lgan.

“Ammo, albatta, Rossiya bunday tashabbusni qo‘llab-quvvatlamasa bo‘lmaydi”, bu qarorni oqlashga uringandi Rossiya davlati rahbari.

Bugungi sammit davomida esa, Putin Qozog‘iston Prezidenti To‘qayevga o‘tgan yili Xalqaro rus tili tashkilotini yaratish g‘oyasini bildirgani uchun minnatdorchilik bildirib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya MDH O'zbekiston rus tili Lavrov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing