Oqibati o‘lim bo‘lgan yangi virus Rossiyaga ham yetib bordi
Olam
−
22 yanvar 2020
15510Xitoyning Uxan shahrida paydo bo‘lgan koronavirusning yangi turi juda tez tarqalmoqda. Yangi virus bilan kasallanganlar Xitoyning yaqin qo‘shnilari Yaponiya, Tailand, Janubiy Koreyada bir necha kun avval qayd etilgandi. Kecha esa AQSHda shunday virus yuqtirgan ilk bemor ro‘yxatga olindi.
Endilikda virus Rossiyaga ham yetib borgani taxmin qilinyapti. Sankt-Peterburgda yangi koronavirus alomatlari bo‘lgan erkak shifoxonaga yotqizildi. U Shanxaydan uchib kelgan.
Rossiya OAV bergan ma’lumotga ko‘ra, yangi virus yuqtirgani taxmin qilinayotgan ikkinchi odam Moskvada shifoxonaga yotqizilgan. U Tailanddan kelgan.
Ma’lumot uchun, Xitoyda paydo bo‘lgan yangi virusdan bugungacha 17 nafar odam halok bo‘ldi.
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi virus tarqalayotgani sababli chegaradagi sanitariya-epidemiologiya punktlarida nazorat kuchaytirilganini ma’lum qildi. Shuningdek, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ham virus yuqtirmaslik uchun birlamchi tavsiyalarni berdi. Shimoliya Koreya yangi virus mamlakatga kirib kelishining oldini olish maqsadida sayyohlar uchun chegaralarini yopib qo‘ydi.
LiveBarchasi