AQŞ Ukrainaga Donetsk va Lugansk çegaralarini özgartirişni taklif qildi – OAV

Olam

−

image

Amerikalik muzokaraçilar sönggi vaqtlarda Rossiya va Ukraina örtasidagi hududlar böyiça kelişuv doirasida Donetsk va Lugansk viloyatlarining çegaralarini özgartiriş ğoyasini bildirmoqda. Bu haqda öz manbalariga tayanib, “The Economist” xabar berdi.

Naşr suhbatdoşlarining sözlariga köra, bunday özgarişning ğoyasi şundaki, Rossiya uşbu mintaqalarni töliq egallaganini e’lon qilişi mumkin böladi, Ukraina esa bunda öz hududlarini berib qöyişiga töğri kelmaydi.

“The Economist” manbalari, şuningdek, muzokaralar davomida Rossiyaning “ğayrioddiy egiluvçanligi” haqida ma’lum qilgan. Biroq ularning qayd etişiça, bu egiluvçanlik Yevropa xavfsizligini muhokama qiliş taklifidan söng paydo bölgan. Endilikda AQŞ Moskva bunday muhokamalarni bahona qilib, harbiy harakatlarni çözişidan xavotirda.

Eslatib ötamiz, AQŞ Prezidenti Donald Tramp joriy yilning 9 noyabr kuni uruş yakunlanganidan söng Ukraina “biroz boşqaça şaklni qabul qilişini” e’lon qilgan edi.

Rossiya anneksiya qilingan Qrim, şuningdek, Donetsk, Lugansk, Zaporoje va Xerson viloyatlari, şu jumladan özi nazorat qilmaydigan tumanlar ustidan öz nazoratini xalqaro darajada tan olinişini ta’kidlamoqda.  


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing