Mashinasini piyodalar yo‘lagidan haydaganlar uchun javobgarlik belgilandi
Jamiyat
−
11 aprel
2950Kecha, 10 aprel kunidan e’tiboran transport vositalarini piyodalar yo‘lagidan yurgizganlik uchun javobgarlik belgilandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining 1055-sonli qonuni bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Qonunga muvofiq, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga haydovchilarning transport vositalarini piyodalar va velosiped yo‘laklaridan hamda ularga tutash hududlarda barpo etilgan yashil maydonlardan yurgizgani, yo‘l harakati ishtirokchilarining harakatiga to‘sqinlik qiluvchi noqonuniy to‘siqlar va boshqa qurilmalar o‘rnatilgani, shuningdek yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘ldan transport vositalari harakatlangani bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik belgilanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘ldan transport vositalarining harakatlanishi (bundan ruxsat etilgan hollar mustasno):
BHMning 1 baravari miqdorida jarima solishga;
xuddi shunday huquqbuzarlikni ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etish:
BHMning 3 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.
Ma’lumot uchun, Prezident tomonidan imzolangan “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi farmonga asosan 2024 yilning 1 oktyabridan e’tiboran bazaviy hisoblash miqdori 10 foizga oshirilgan. Shunga ko‘ra, endilikda O‘zbekiston hududida bazaviy hisoblash miqdorining amaldagi summasi 375 ming so‘mni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq avtobus yo‘lagida harakatlanganlik uchun javobgarlik belgilanayotgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi