Ekstremizmga qarşi kuraşiş uçun jazo çoralari kuçaytirildi
Jamiyat
−
11:30 310 2 daqiqa
Endilikda ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boşqa taqiqlangan taşkilotlarda iştirok etganlik uçun 5 yildan 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi qöllaniladi. Bu haqda joriy yilning 2 noyabr kuni qabul qilingan “Ekstremizmga qarşi kuraşiş samaradorligini oşirişga qaratilgan ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonunda belgilandi.
Qonun bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan qöşimçalarga köra, ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boşqa taqiqlangan taşkilotlarda iştirok etiş 5 yildan 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.
Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga ham tegişli özgartirişlar kiritildi.
Unga köra, ekstremizm, separatizm yoki aqidaparastlik ğoyalari bilan yöğrilgan, qirğin solişga, fuqarolarni zörlik bilan köçirib yuborişga da’vat etadigan yoki aholi orasida vahima çiqarişga qaratilgan materiallarni tayyorlaş yoxud tarqatiş maqsadida saqlaş huquqbuzarlik hisoblanadi.
Şuningdek, ekstremistik va terrorçilik taşkilotlarining atributlari yoki ramziy belgilarini tarqatiş yoxud namoyiş etiş maqsadida tayyorlaş va saqlaş ham ma’muriy javobgarlikka sabab böladi.
Bunday huquqbuzarliklar uçun huquqbuzarlik aşyosini musodara qiliş bilan birga, fuqarolarga BHMning 50 baravaridan 100 baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa 100 baravaridan 150 baravarigaça jarima soliş yoki 15 sutkagaça ma’muriy qamoq jazosi belgilandi.
Bundan taşqari, qonun hujjatlaridagi “diniy ekstremizm” iborasi “ekstremizm” sözi bilan almaştirildi.
Eslatib ötamiz, avvalroq endilikda Adliya vazirligi ekstremistik taşkilotlar, materiallar va manbalarning elektron reyestrini yuritişi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi