Tez yordamga yo‘l bermagan Mercedes haydovchisi jazolandi (video)
3-sahifa
−
16:57 4409 1 daqiqa
Samarqand shahrida tez tibbiy yordam avtomashinasiga yo‘l bermagan Mercedes-Benz rusumli avtomobil haydovchisiga nisbatan chora ko‘rildi. Bu haqda Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa bugun, 17 avgust kuni sodir bo‘lgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda Samarqand shahri ko‘chalarida harakatlanayotgan Mercedes-Benz rusumli avtomobil haydovchisi maxsus jihozlangan tez tibbiy yordam avtomashinasiga yo‘l bermagani aks etgan.
Holat yuzasidan Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan o‘rganish olib borilgan. Oqibatda haydovchining maxsus transport vositasining harakatlanishiga xalaqit bergani aniqlangan.
Shundan so‘ng, haydovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 128-5-moddasi (transport vositalari haydovchilarining xalaqit berishi yoki avariya holatini yuzaga keltirishi, yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga chiqishi) bilan belgilangan tartibda chora ko‘rilgan. Shuningdek, haydovchi bilan profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyati Toyloq tumanida tez tibbiy yordam avtomashinasiga yo‘l bermagan Deepal S7 rusumli avtomobil haydovchisiga chora ko‘rilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi