Marsda ko‘l topildi
Bu qiziq
−
28 yanvar
65612Marsdagi "Jezero krateri" deb nomlangan havzada ko‘l topildi. Bu haqda AQSH Aeronavtika va kosmik agentligi (NASA) ma’lum qildi.
Mars orbitasi va yuzasida tadqiqot olib borgan "Perseverance" roveri Marsda ushbu ko‘l borligini tasdiqlovchi ma’lumotlarni to‘plagan.
NASA veb-saytidagi xabarga ko‘ra, roverning topilmalari olimlarning Marsning ba’zi qismlari bir vaqtlar suv bilan qoplangan va mikroblar hayotini o‘z ichiga olgan bo‘lishi mumkin degan fikrini tasdiqlaydi.
Missiya guruhi va Qizil sayyoradagi 60 dan ortiq hududlarni sinchiklab o‘rgangan butun dunyo olimlarining tavsiyalariga asoslanib, NASA kattaligi 49 kilometr bo‘lgan va ko‘plab deltalarga ega "Jezero krateri"ni “Perseverance” qo‘nish nuqtasi sifatida belgiladi. Jezero besh yillik keng qamrovli izlanishlardan so‘ng aniqlangan.
Olimlar uzoq o‘tmishda bu hududni suv bosganini, u yerda qadimiy daryo bo‘lganini yillar davomida aytib kelardi. Radar skanerlari olimlarning Marsda qachonlardir suv bo‘lganli haqidagi gumonlarini tasdiqladi.
Ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, 3,5 milliard yil oldin daryo kanallari krater devoridan toshib, ko‘l hosil qilgan. Topilgan qatlamlar Marsda suv borligini isbotlab, sayyorada hayot mavjudligi ehtimolini oshiradi.
Olimlar mintaqaning qanday shakllangani va evolyutsiyasini o‘rganib, o‘tmishdagi hayot izlarini aniqlash uchun Marsdan tosh va tuproq namunalarini yig‘moqda.
"Jezero krateri"ning kengligi 45 kilometr bo‘lib, Mars ekvatoridan shimolda Isidis Planitia deb nomlangan tekislikdan g‘arbda joylashgan.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda besh yil oldin koinotga uchirilgan Tesla elektromobili Mars orbitasiga yetib borgan edi.
LiveBarchasi