Marokashdagi zilzila qurbonlari 2862 kishiga yetdi
Olam
−
12 Sentabr 2023
2181Marokashdagi zilzila paytida qulagan binolar vayronalarini tozalash chog‘ida yana 200 nafar jasad topildi va qurbonlar 2862 kishiga yetdi. Bu haqda “Agence France-Presse” xabar berdi.
Jabrlanganlarni qidirishga Ispaniya, Buyuk Britaniya va Qatar qutqaruvchilari qo‘shilgan. Zilzila UNESCO’ning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Marrakeshning tarixiy qismida ko‘plab binolarni vayron qilgan. XII asrda qurilgan Tinmel masjidi shikastlangan.
AFP tomonidan taqdim etilgan yangilangan statistikada keltirilishicha, zilzila oqibatida 2501 kishi jarohatlangan, 2862 nafar shaxs esa halok bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 sentyabrga o‘tar kechasi Marokashda 6,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila epimarkazi mamlakatning to‘rtinchi yirik shahri bo‘lgan Marrakeshdan 75 km (44 milya) uzoqlikda joylashgan Atlas tog‘larida bo‘lgan. Avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Marokash Podshohi Muhammad VI ga mamlakat hududida yuz bergan tabiiy ofat oqibatida odamlar halok bo‘lgani yuzasidan ta’ziya yo‘llagandi.
LiveBarchasi