Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda sezildi

Jamiyat

−

image

Bugun, 14 oktyabr kuni Qirg‘izistonning Botken viloyatida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, yer qimirlashi soat 13:50 da yuz bergan. Zilzila magnitudasi 3,4, chuqurligi 10 kilometrni tashkil etgan.

Zilzila epitsentri Toshkentdan 251 km janubiy-sharqda, Qirg‘izistonning Botken viloyatida joylashgan. Uning koordinatalari 40,16 daraja shimoliy kenglik va 71,82 daraja sharqiy uzunlikni tashkil etgan. 

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

  • Farg‘ona tumanida 2-3 ball, 18 km;
  • Quvasoy shahrida 2-3 ball, 20 km;
  • Farg‘ona shahrida 2 ball, 25 km;
  • Marg‘ilon shahrida 2 ball, 34 km.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida zilzila sodir bo‘lgan edi va O‘zbekistonda sezilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing